Qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni O‘zbekistonga yashirincha olib kirish harakati fosh etildi

0

O‘q-dorilarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tishga urinish fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Korrespondent.uz 088
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Jumladan, «S.Najimov» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, «Beta» laqabli xizmat iti yordamida, fuqaro P.V. boshqaruvida bo‘lgan «DAF FT XF 105460» rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, uning salonidagi bardachok ichida bojxona nazoratidan yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, qiymati 2 274 000 so‘mlik, 2 dona yelim quti ichida 4,5 mm kalibrli «Vыstrel» nomli pnevmatik o‘qlar, 6 dona «GAZ SO2» nomli gaz balonchiklar va 1 bir dona «STALKER» nomli pistoleti borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting