Jurnalist Ivan Golunovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi to‘xtatildi

0

«Meduza» maxsus muxbiri Ivan Golunovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi to‘xtatildi, deya xabar qildi Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev.

Korrespondent.uz 086
Foto: Meduza

Nashrning qayd etishicha, ish biologik, kriminalistik, daktiloskopik va genetik ekspertizalar yakunlari bo‘yicha ayb isbot qilinmagani sababli to‘xtatildi. Ivan Golunov seshanba kunining oxiriga qadar uy qamog‘idan ozod qilinadi, dedi vazir 11-iyun kuni.

«Fuqaroni qo‘lga olgan politsiya xodimlarining harakatlari qonuniyligini baholash uchun ichki tergov materiallari RF IIV shaxsiy xavfsizlik bo‘linmalaridan Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasiga taqdim etildi. Tekshiruvlar davomida ular xizmat majburiyatlarini bajarishdan chetlashtiriladi», — dedi vazir.

Ivan Golunov 6-iyun kuni narkotiklar savdosida gumonlanib qo‘lga olingan edi. Ivan Golunov narkotiklar unga tashlab qo‘yilganini ma’lum qildi. Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarida jurnalistni qo‘llab-quvvatlab namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting