Futbol: O‘zbekiston Suriyani mag‘lub etdi (video)

0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Suriya jamoasi ustidan g‘alabaga erishdi. Toshkentdagi «Milliy» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

Korrespondent.uz 083
Foto: championat.asia

Har ikki golga ham «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov mualliflik qildi. O‘yinning 3-daqiqasida maydon egasi jarima maydonchasida uzatilgan to‘pni mehmonlar darvozasiga aniq yo‘lladi.

42-daqiqada futbolchi uzoqda yo‘llangan to‘pni qabul qilib olib, uni golga aylantirdi.

Iyunda O‘zbekiston bundan tashqari yana ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Birinchi o‘yinda Ektor Kuper shogirdlari Turkiyadan 0:2 hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Ikkinchi bellashuvda esa Toshkentda KXDRdan 4:0 hisobida ustun keldi.

Jamoalar tarkibi

O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Farrux Sayfiyev (Oleg Zoteyev, 74′), Anzur Ismoilov, Davron Hoshimov, Odiljon Hamrobekov (Fozil Musayev, 60′), Odil Ahmedov (Xurshid G‘iyosov, 75′), Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 79′), Oston O‘runov (Ikrom Aliboyev, 60′), Islom To‘xtaxo‘jayev, Quvondiq Ro‘ziyev (Doston Ibragimov, 67′).

Suriya: Ibrohim Alma, Muayad al-Ajan, Omro Midaniy (Shib al-Ali, 46′), Amro Jenyat, Mahmud Al-Mavas (Abdul Malik Al-Anizan, 77′), Muhammad Al-Vakid, Ahmad Al-Ahmad (Firas Al-Xatib, 65′), Tami Xoj Muhammad, Ahmad Ashkar, Xolid Al-Mbayid, Muhammad Al-Marmur (Xamid Mido, 84′).

Ogohlantirishlar: Mahmud Al-Mavas 48′, Abdul Malik Al-Anizan 90+4′

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting