Qozog‘istondagi namoyishlarda 500 nafarga yaqin kishi hibsga olindi

0

Qozog‘iston prezidentligiga saylov kuni Nur-Sulton va Olma Otada bo‘lib o‘tgan ruxsatsiz namoyishlarda qariyb 500 kishi qo‘lga olindi, deya xabar berdi RIA Novosti IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Marat Kojayev ma’lumotlariga tayangan holda.

Korrespondent-uz-074
Foto: kapital.kz

«Ko‘chalarda ruxsatsiz namoyishlar o‘tkazish yo‘li bilan vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlar bo‘lib o‘tdi. Politsiyaga 500 nafarga yaqin kishi olib kelindi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida «faol ishtirokchilar, tashviqotchilar va ushbu g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni o‘tkazishda faol qatnashganlar» bor.

Marat Kojayev Nur-Sulton va Olma Otadagi namoyishlar «saylov arafasida mamlakatda hokimiyatni obro‘sizlantirish bo‘yicha ommaviy tashviqot olib borgan Qozog‘istonda ro‘yxatga olinmagan va taqiqlangan ekstremistik tashkilotlar» da’vati bilan bo‘lib o‘tganini ham ta’kidladi.

RIA Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat poytaxti Nur-Sultondagi namoyishda 700 ga yaqin kishi qatnashdi. Interfaks Olma Ota viloyat markazida 300 mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan muddatdan avvalgi prezidentlik saylovi boykot qilishga chaqirib yig‘ilganini ma’lum qildi.

Yakshanba kuni Qozog‘istonda hisob bo‘yicha oltinchi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatni qariyb 30 yil boshqargan va 20-mart kuni prezidentlik vakolatini topshirgan Nursulton Nazarboyev ilk bor saylovda nomzodini ilgari surmadi.

Qozog‘iston prezidenti saylovida saylovchilarning 77,4 foizi ishtirok etdi, deya xabar qildi MSK a’zosi Lazzat Suleyman.

«22:00 holati bo‘yicha umumiy saylovchilarning 77,4 foizidan saylov byulletenlari olindi», — dedi u jurnalistlarga.

2015-yildagi muddatdan avvalgi Qozog‘iston prezidentliga saylovda saylovchilarning 95,22 foizi qatnashgan edi.

Nazarboyev boshchilik qiluvchi Nur Otan partiyasidan nomzodi ilgari surilgan Qosim-Jomart Tokayevdan tashqari, yana olti kishi prezidentlikka nomzodini ilgari surgan. Prezident besh yil muddatga saylanadi. Saylovchilarning necha foizi ishtirok etgan taqdirda ham saylov bo‘lib o‘tgan, deb hisoblaniladi. Nomzod g‘alaba qozonishi uchun saylovchilarning 50 foizdan ko‘prog‘i unga ovoz berishi kerak. Agarda birorta ham nomzod 50 foizdan ortiq ovoz to‘play olmasa, ikkinchi tur tayinlanadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting