Jizzax shahri markazida jangovar ruhdagi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi(foto)

0

Jizzax shahri markazida aholini dam olishini yanada mazmunli o‘tkazish maqsadida harbiylar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar hamda konsert namoyish etildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Mazkur ko‘ngilochar tadbirga nogironligi bor oilalar taklif etildi.
Kunning ikkinchi yarmida konsert dasuri G‘allaorol tumanidagi Xotira hiyobonida davom etdi.
Harbiylarning qo‘l jangi chiqishlarini tamoshabinlar o‘zgacha zavq bilan kuzatishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Ayniqsa, Jizzax garnizoni harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan jangovar ruhdagi kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tadbir so‘nggida davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ishtirokchilarga kitoblar topshirildi.

 

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting