Termizda o‘zbek va afg‘on o‘quvchilarining do‘stlik forumi bo‘lib o‘tmoqda

0

Termiz shahrida Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va Afg‘oniston Maorif vazirligining Balx viloyati rayosati tomonidan 4-ixtisoslashtirilgan maktab-internati va qo‘shni davlatning Mozori-sharif shahridagi “Xoni nur” xususiy maktabi hamkorligida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida do‘stlik forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.

Korrespondent-uz-071
Foto: O‘zA

Do‘stlik forumi doirasida kecha ishtirokchi o‘quvchilar uchun Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida turli ertak qahramonlari ishtirokida sahna asarlari namoyish qilindi. Maorif xodimlari tarixiy obidalarni ziyorat qilib, Termiz shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi. Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Bugun Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib, ta’lim muassasasi bilan yaqindan tanishadi. Shuningdek, “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasida ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tahsil olayotgan afg‘on yoshlari bilan uchrashadi. Sherobod tumanidagi Iso Termiziy majmuasini ziyorat qiladi. Boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ham qatnashadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting