Xalqaro “Bahodirlar o‘yini” turniriga start berildi (Foto)

0

Xalqaro “Bahodirlar o‘yini” turniriga start berildi. Bu haqda Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Korrespondent-uz-069
Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

Ayni paytda ishtirokchilar Ko‘hna Ark maydonida 1-shart bo‘yicha kuch sinashishmoqda.

1-shart – og‘ir yuk ortilgan ot aravani belgilangan masofaga olib borish. Yani mazkur shartda ishtirokchilar qum bilan to‘ldirilgan 2 ta 200 kg lik qoplarni, ot aravaga yuklagan holda 25 metrlik masofaga harakatlantirishlari kerak.

Korrespondent-uz-066
Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

Uzoq kutilgan Xalqaro “Bahodirlar o‘yini” turniriga start berildi! Turli davlatlardan tashrif buyurgan 30 nafardan ortiq xalqaro toifadagi sportchilar qadim Xivada jam bo‘lishdi.

Korrespondent-uz-067
Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

– Bu juda muhim musobaqadir. Chunki bizning xalqaro federatsiya ko‘plab turnirlar o‘tkazadib. Ammo Osiyoda bu eng katta turnir hisoblanadi. Taasurotlarim boy, men Xivaga tashrif buyurganimda xursandman. – dedi Latviyalik haqam Vladislav Redkin.
Ichan Qal’aning Ota darvozasi oldida o‘tkazilgan tantanali ochilish marosimidan so‘ng ishtirokchilar Pahlavon Mahmud maqbarasini ziyorat qilishdi.

Korrespondent-uz-065
Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, atletlar orasida O‘zbekistonlik sportchilar ham o‘z kuchini namoyish etmoqda.

Korrespondent-uz-068
Foto: Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz 2 kunlik turnir davomida sportchilar 7 ta shart bo‘yicha bellashishadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting