Toshkentda 9 iyun kuni “Sabantuy” xalq bayrami oʻtkaziladi

0

Toshkentdagi “CENTRAL PARK” madaniyat va istirohat bogʻida 9-iyun kuni soat 10:00 dan boshlab “Sabantuy-2019” tatar-boshqird xalq bayrami boʻlib oʻtadi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Korrespondent-uz-061
Foto: Google Images

Xabarda aytilishicha, tadbirda tatar-boshqird madaniy markazlarining madaniy-musiqiy chiqishlari, sport musobaqalari, patriot mototsikllari koʻrgazmasi, turli musobaqalar oʻtkaziladi.

“Musobaqa gʻoliblarini ajoyib sovgʻalar kutmoqda. Bayramga kirish barcha shahrimiz aholisi uchun bepul. Shunday ekan, bayramni oʻtkazib yubormang”, – deyilgan xabarda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting