Chirchiqda kursantlar tanklarda suv ostida harakatlanish mashqlarini bajarishdi

0
9
marta oʻqilgan

Chirchiqda kursantlar tanklar yordamida suv ostida harakatlanish mashqlarini bajarishdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Eslatib oʻtamiz, may oyi boshida “Chirchiq” poligonida “Tank biatloni” musobaqasi oʻtkazilgandi. T-62, T-64 va T-72 tanklari “Qudratli texnikalar jangi” musobaqasi ishtirokchilari sunʼiy hovuz, minalashtirilgan va manyovr bajarish maydoni, tankka qarshi chuqur, qoʻrgʻon, eskarp (tankka qarshi devor), kolleyali koʻprik maketi va boshqa toʻsiqlardan iborat umumiy uzunligi 4200 metr boʻlgan masofani bosib oʻtdi.

Tadbirda 1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, 100 ga yaqin harbiy texnika va 15 dan ziyod vertolyot ishtirokida bayramga bagʻishlab parad oʻtkazildi.