Toshkentda hasharotlarni oʻldirish uchun moʻljallangan kukun tufayli ikki kishi halok boʻldi

0

Toshkentda hasharotlarni oʻldirish uchun moʻljallangan kukun tufayli ikki kishi halok boʻldi.

Korrespondent-uz-056
Foto: Sputnik

Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, 7 iyun kuni Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi ayol murojaat qilgan. Ayol uyiga qaytib kelganida hech kim eshikni ochmagani, ammo onasi, 77 yoshli SH.M. va 28 yoshli oʻgʻli M.T. kvartirada boʻlishi kerakligini maʼlum qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, FVV mutaxassislari profilaktika inspektori tomonidan chaqirilgan va guvohlar ishtirokida kvartiraning eshigi ochilgan. Kvartirada kuchli hid boʻlgan, hamma joyda hasharotlarni oʻldirish uchun moʻljallangan kulrang kukunga ega gazeta varaqlari yoyilib tashlangan.

“77 yoshli SH.M.ning jasadi yoʻlakda, M.T.ning jasadi balkondan topildi”, – deyiladi xabarda.

Voqea sodir boʻlgan joyga IIB xodimlari, prokuror, soliq inspektsiyasi boshligʻi, shuningdek, Chilonzor tumani hokimligi va sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari chiqqan. Tekshirish oʻtkazilmoqda, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Avvalroq Toshkentdagi “Oq-tepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ovqatdan zaharlanganlar soni 41 kishiga yetgani xabar qilingan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting