Moskva viloyatida 11 yoshli qizni zo‘rlashda gumon qilingan 47 yashar o‘zbekistonlik hibsga olindi

0

Moskva viloyatining Litkarino shahrida 11 yoshli qizning nomusiga tegishda gumon qilinayotgan erkak hibsga olindi, deb xabar berdi Sputnik.

Korrespondent-uz-054
Foto: Sputnik

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2018-yil iyun oyidan 2019-yil yanvar oyiga qadar bir necha marta yosh qizchaning nomusiga tekkan. Qayd etilishicha, qizcha uning qizining dugonasi bo‘lgan. Qizni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorlar uning 21—22 haftalik homilasi borligini aniqlagan.

Xabarda aytilishicha, gumon qilinuvchi shaxs sifatida 47 yoshli O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingan. Hozirda ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq qizining nomusiga bir necha marta tekkan tojikistonlik otaga umrbod qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting