Chilonzordagi uyda 77 yoshli ayol va uning 28 yoshli nevarasining jasadi topildi

0

Toshkent shahrining Chilonzor tumani, 19-dahasida yashovchi 53 yoshli Liliya M. uyga qaytganida hech kim eshikni ochmagani uchun 7-iyun kuni ichki ishlarga murojaat qilgan. Ayol uyda 77 yoshli onasi va 28 yoshli o‘g‘li bo‘lishi kerakligini aytgan.

Korrespondent-uz-053
Foto: “Gazeta.uz”

IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, profilaktika inspektorlari tomonidan FVV mutaxassislari chaqirilgan va guvohlar huzurida eshik ochilgan. Qayd etilishicha, xonadonda hasharotlarni o‘ldirish uchun mo‘ljallangan kulrang kukun sepilgan gazeta bo‘laklari solingan bo‘lgan.

77 yoshli ayolning jasadi koridorda, 26 yoshli yigitning jasadi esa balkonda topilgan.

Voqea sodir bo‘lgan joyga Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, prokuror, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek, Chilonzor tumani hokimligi va sanitar-epidemiologiya xizmati vakillari yetib kelgan.

“Hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda, tegishli ekspertiza tayinlangan”, — deyiladi xabarda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting