IIV «Faralar» bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan va to‘lov amalga oshirilgan jarimalar qaytarilmasligini ma’lum qildi

0

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimi, mayor Azizxon Murodovning so‘zlariga ko‘ra, kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib harakatlanish qoidasiga amal qilmaslik holatlari bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan va to‘lov amalga oshirilgan jarimalar qaytarilmaydi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Korrespondent.uz 051
Foto: Google Images

O‘zAning qo‘shimcha qilishicha, bayonnoma rasmiylashtirilgan, ammo to‘lashga ulgurmagan haydovchilar uchun bu bayonnoma bekor qilinadi.

Avvalroq huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ma’muriy bayonnoma tuzilgan, lekin hali jarima to‘lanmagan holatlarda ma’muriy bayonnomalar uni tuzgan organning o‘zi tomonidan bekor qilinishi lozimligi, jarima to‘lash shart bo‘lmasligi haqida yozgandi. “Agar ichki ishlar organlari ma’muriy bayonnomalarni bekor qilishdan bosh tortsa, unda sudga murojaat qilish va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 9-moddasini qo‘llashni so‘rash talab etiladi», — degandi huquqshunos.

Agar jarima puli (101 ming so‘m) to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa, unda ahvol biroz bahsli. «Buning uchun haydovchilar jarima to‘langan hududdagi Ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilish lozim bo‘ladi. Lekin sudning yugur-yuguri to‘langan 101 ming so‘mlik jarimaga arzishi yoki arzimasligini ham hisobga olish lozim. Boz ustiga sudda yutib chiqish kafolatlanmagan», — deydi huquqshunos.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting