O‘zbekistonda minilgan eski avtomobilni topshirib, yangisini olib ketish mumkin bo‘ladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zavtosanoat” aktsiyadorlik jamiyati vakillari ishtirokida “O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

Korrespondent.uz 050
Foto: Sof.uz

“O‘zavtosanoat” strategik rejalashtirish direktsiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti tatbiq qilinishini ma’lum qildi.

“Mamlakatimizda avtomobillardan foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Masalan, sizning mashinangiz bor, 3-5 yoki 10 yil mingansiz, uni yangilamoqchisiz. Lekin yangi mashina sotib olish uchun pulingiz kamroq bo‘lishi mumkin. Siz eski, ya’ni hozir minib yurgan mashinangizni dillerga borib topshirasiz-da, yangi avtomobil o‘rtasidagi farqni to‘lov qilasiz, almashtirib ketaverasiz, yangilab olasiz”, – dedi Rustam Qodirov.

Qayd etilishicha, bu yangi avtomobillar savdosini kuchaytiradi. Shuningdek, aholi ixtiyoridagi avtomobillar parkini yaxshilash imkonini beradi.