Niderlandiyada jinsiy zo‘rovonlik qurboni bo‘lgan 17 yoshli qiz o‘z xohishiga ko‘ra evtanaziya qilindi

0

Niderlandiyalik 17 yoshli Noa Potxoven evtanaziyadan foydalanib, bu yorug‘ olamni tark etdi, deb xabar beradi Daily Mail.

Korrespondent.uz 049
Foto: Google Images

Ma’lum qilinishicha, qiz o‘smirligida jinsiy zo‘ravonlik qurboniga aylangani sabab posttravmatik stress, tushkunlik va anoreksiyadan aziyat chekkan. U uzoq yillar psixiatrik klinikalarda davolangan, 16 yoshida “G‘alaba qozonish yoki o‘qish” nomli avtobiografik kitob ham yozgan.

Shifokorlar qiz 17 yoshga to‘lganidan ikki kun o‘tib unga in’ektsiya yuborgan.

Niderlandiya qonunchiligiga ko‘ra, shifokor bemorning og‘riqlarini chidab bo‘lmas darajada deb topsa, 12 yoshdan oshganlar evtanaziya qilinishi mumkin. 17 yoshdan oshgan fuqarolargina ota-onasining roziligisiz evtanaziyadan foydalana oladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting