«Gulnora Karimova o‘zini osibdi» degan mish-mishlar tarqaldi. Bosh prokuratura buni rad etdi

0

Gulnora Karimovaning shveytsariyalik advokati Greguar Manja may oyi oxirida Twitter’dagi sahifasida Gulnora Karimovaga shifokorlar bo‘yicha rad javobi berilayotgani va unga doimiy ruhiy bosim o‘tkazilayotgani haqida yozgan edi.

Korrespondent.uz 039
Foto: Korrespondent.net

Greguar Manja mijozining salomatligidan jiddiy tashvishda ekanligini bildirgan. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, uning so‘nggi tashrifidan so‘ng Gulnora Karimova «darhol qamoqxona tibbiy blokidan chiqarib yuborilgan».

Bosh prokuratura matbuot xizmatidan «Daryo» nashriga ma’lum qilishlaricha, advokatning so‘zlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

«Bu asossiz gap. Shu kunlarda ‘Gulnora Karimova o‘zini osibdi’ degan boshqa gaplar ham tarqaldi. Shuni qat’iy aytishimiz mumkinki, Gulnora Karimovaning sog‘lig‘i qoniqarli, u belgilangan jazoni o‘tamoqda», — deyiladi Bosh prokuratura tomonidan taqdim etilgan axborotda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting