Meksika AQSh bosimi ostida chegaralarini yopmoqda

0

Prezident Tramp Meksikadan AQShga muhojirlar oqimi kirib kelayotganini ta’kidlab, qo‘shnisi tovarlariga nisbatan boj tariflarini oshirish bilan tahdid qilgan edi.

Korrespondent-uz-038
Foto: Getty Images

Vashingtonni bu fikridan qaytarish ilinjida Meksika Gvatemala bilan chegaralariga Milliy Gvardiyaning 6 000 zobitini tashlagan.

AQSh aksariyati Markaziy Amerikadan kelayotgan yuz minglab muhojirlar har yili Meksika orqali mamlakatga kirishga urinishini aytadi.

Prezident Tramp agar Meksika ushbu odamlarni o‘z hududi orqali o‘tkazishda davom etaversa, u holda, Meksika tovarlariga 5 foizli boj qo‘yishini ta’kidlagan. Mabodo, Meksika shunda ham biror chora ko‘rmasa, boj tarifi har oy 5 foizga oshib borishini bildirgan.

AQSh mashinalar, pivo, tekila, meva va sabzavot kabi Meksika tovarlari uchun asosiy bozor hisoblanadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting