Uch o‘smirni bosib ketgan ayolga uy qamog‘i tayinlandi

0

Toshkentning Yunusobod tumanida uch o‘smirni bosib yuborib, ulardan birining o‘limiga sabab bo‘lgan 42 yoshli ayol Larisa T.ga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Korrespondent-uz-037
Foto: IIBB

6-iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi Larisa T.ning uch nafar voyaga yetmagan farzandi borligi va oilada yagona boquvchi ekanini, muqaddam sudlanmagani, doimiy yashash va ish joyi borligi hisobga olib, unga nisbatan Jinoyat-protsessual kodeksining 242−1-moddasiga binoan uy qamog‘i ko‘rinishidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Ayblanuvchi uchun birqator cheklovlar o‘rnatildi. Jumladan:

  • har qanday shaklda yozishmalarni olish va jo‘natish (pensiya va ijtimoiy ta’minot bilan bog‘liq xatlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, soliq va boshqa kommunal xizmatlar to‘lovlari, shuningdek, surishtiruv, tergov va sud organlari bilan yozishmalar);
  • har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida muzokaralar olib borish. Tez tibbiy yordam, o‘t o‘chirish va boshqa maxsus xizmatlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari (Jinoyat-protsessual kodeksining 242−1-moddasi bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi har qanday chaqiruv to‘g‘risida yashash joyidagi ichki ishlar idorasini xabardor etishi zarur) bilan favqulodda aloqa zaruriyati paydo bo‘lgan hollar, shuningdek advokatlar, qonuniy vakillar va uy qamog‘ida ushlab turish yuklatilgan ichki ishlar organining vakili bilan muzokaralar bundan mustasno;
  • ayblanuvchi faqatgina ishga borish uchun uy qamog‘ida ushlab turish uchun mas’ul bo‘lgan organni majburiy ravishda ogohlantirgan holda uy-joyni 8:00dan 19:00gacha tark etishi mumkin (istisno: oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa kerakli narsalarni sotib olish, kommunal xizmatlar uchun haq to‘lash to‘g‘risida yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlarini ogohlantirishga majbur).

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting