Milliy universitet o‘qituvchisi imtihon vaqtida talabasining bolasiga qarab turdi

0

Milliy universiteti o‘qituvchisi imtihon vaqtida talabasining bolasiga qarab turdi. Bu haqda o‘qituvchining o‘zi Facebook’da post qoldirgan.

Korrespondent-uz-036
Foto: Facebook

“Imtihon kuni bir talabam har doimdagidek hali bir yoshga to‘lmagan yosh bolasi bilan keldi. Men unga nega yosh bolangiz bilan keldingiz, deganimda yosh bolasiga qaraydigan hech kimi yo‘qligini aytdi. Unga imtihon savollarini berdim u javob berish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Men uning bolasiga qarab, ovutib turdim”, – deb yozadi universitet o‘qituvchisi.

O‘qituvchining so‘zlariga ko‘ra, bolacha unga huddi “domlajon, shu onamga uch qo‘yib bering, degandek,” iljayib qarab turavergan.

“Men unga “sen oyinga xalaqit qilma, oying imtihon topshiryapti bolakay, sutingni ichib mazza qilib uxlamaysanmi?”deb ko‘tarib, ovutib turdim. Men unga o‘z nevaramga qaraganday erkalatib auditoriya bo‘ylab ko‘tarib imtihon jarayonini nazorat qilib turdim. Bu bolakayning onasi o‘qish jarayonida juda qiynaldi. Va, nihoyat, bolakay onasi-talabam o‘qishni muvaffaqiyatli tugatdi. Bu ham hayot sinovi bo‘lsa kerak.”, – deb, o‘qituvchi xabariga yakun yasaydi.

Ijtimoiy tarmoqdagi o‘qituvchining ushbu xabarini foydalanuvchilar iliq qarshi olib, qizg‘in muhoka qilishgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting