Vladimir Putin D-Dey yubileyiga taklif etilmaganidan xafa emasligini aytdi

0

Payshanba kuni qator davlat rahbarlari, jumladan, AQSh prezidenti Donald Tramp Ikkinchi Jahon Urushi taqdirini o‘zgartirgan D-Dey – Fransiya shimoliga ittifoqchi kuchlar kelib tushishining 75 yillik yubileyida ishtirok etdi. Bu haqda BBC xabar qildi.

Korrespondent-uz-035
Foto: НТВ

2014-yilda o‘tgan 70-yubileyga taklif etilgan janob Putin bu safar chetda qolib ketgan.

Biroq prezident Putin dunyoning yetakchi davlatlari rahbarlari orasida xotira kunini o‘tkazmaganini «muammo emas» deb atagan. Uning so‘zlashicha, Rossiyaning o‘zida «ishi boshidan oshib yotibdi.»

1944-yil 6-iyun kuni ittifoqchi kuchlar Germaniyaga qarshi tarixdagi eng yirik dengiz va havo harakatini boshlagan edi. Aksar tarixchilar bu voqea urush taqdirini hal etganini ta’kidlaydi. Biroq Rossiya bu iddaoga qo‘shilmaydi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi so‘zchisi Mariya Zaxarovaga ko‘ra, Kursk va Stalingrad janglaridan so‘ng Germaniyaning mag‘lubiyati aniq bo‘lib bo‘lgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting