Moskvada politsiya xodimi o‘zbekistonlikni otib o‘ldirdi

0

Moskvada politsiya xodimi qochib ketishga uringan o‘zbekistonlikni otib o‘ldirdi. Bu haqda Moskva politsiyasi matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Korrespondent-uz-034
Foto: Sputnik

Ma’lum bo‘lishicha, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari 7-iyun kuni yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun haydovchi boshqaruvidagi Volkswagen mashinasini to‘xtatgan.

Rulda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, unda mastlik alomatlari bo‘lgan. Uning yonida shaxsini tasdiqlovchi biror hujjati bo‘lmagan. Shundan so‘ng u Koptevo politsiya bo‘limiga olib kelingan.

Qayd etilishicha, so‘roq vaqtida o‘zbekistonlik derazadan qochib chiqib ketishga uringan.

“Politsiya xodimi uning ortidan quvib ketgan. Qoidabuzar qarshilik ko‘rsatib, politsiya xodimining qurolini egallab olishga uringan. Xodim Rossiya qonunchiligida o‘rnatilgan tartib doirasida qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Erkak olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Hozirda uning shaxsi aniqlanmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting