Oqtepa Lavash’da ichki tergov boshlangani ma’lum qilindi

0

4-iyun kuni Toshkentning Sergeli tumanida 15 kishi oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizildi. Zaharlanishdan oldin 11 nafar bemor Oqtepa lavash kafesida tovuq sendvichini iste’mol qilgan. Kompaniya buni tasdiqladi:

Korrespondent.uz 029
Foto: facebook.com/oqtepalavash.official

“4-iyun kuni bizning Sergelidagi filialimizda qayg’uli voqea — kafemizda zaharlanish sodir bo‘ldi. Rahbarlarimiz bemorlarni kasalxonaga ko‘rgani borib, davolanish va ma’naviy keltirilgan zarar uchun barcha harajatlarni qoplashdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda kompaniyada ichki tekshiruv o‘tkazilmoqda va bu vaziyatning haqiqiy sababi aniqlanmoqda. Kompaniya bo‘lib o‘tgan voqea uchun javobgarlikni to‘liq o‘z zimmasiga oladi.

Ilgari ma’lum bo‘lishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga — 11 nafar bemor, 5-sonli shahar infeksion kasalliklar shifoxonasiga 3 nafar, 2-sonli shahar bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasiga esa 1 nafar bemor murojaat qilgan. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamchi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 3 nafarining ahvoli og‘ir, qolganlariniki o‘rtacha og‘irlikda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting