Payshanba, 20-Iyun 2019

“Muz TV” telekanalidagi “Otpusk bez putyovki” ko‘rsatuvining navbatdagi soni O‘zbekiston haqida bo‘ladi

0

Rossiyaning “Muz TV” telekanali “Otpusk bez putyovki” ko‘rsatuvi ijodkorlari loyihaning navbatdagi sonini suratga olish uchun 8—15-iyun kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Korrespondent.uz 027
Foto: YouTube

Tashrif davomida telekanal ijodiy jamoasi asosiy diqqatga sazovor joylarni suratga olish uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlarda bo‘ladi.

Loyiha O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida tayyorlanmoqda. Dastur tomoshabinlarga O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, uning tarixi, madaniyati, an’analari va zamonaviy holati, milliy taomlar va mahalliy ustalar ijodi bilan tanishish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, “Otpusk bez putyovki” ko‘rsutuvi “Muz TV” telekanalida 2018-yil aprelidan beri efirga uzatilmoqda. Ko‘rsatuv boshlovchisi Andrey Razigrayev xorijiy davlatlarning madaniyati, an’analari va sayyohlik salohiyatini o‘rganib, bayon qiladi.

Borilgan har bir joyda albatta tashrif buyurish kerak bo‘lgan diqqatga sazovor joylar beshligi tuziladi. Ko‘rsatuvching avvalgi sonlari Ozarbayjon, Germaniya, Gruziya, Italiya, Qozog‘iston, Marokash, BAA, Turkiya kabi davlatlar haqida bo‘lgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting