Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

0

G‘ulomjon Ibragimov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni shu haqdagi farmonga imzo chekdi.

Korrespondent-uz-023
Foto: Gazeta.uz

Rustam Xolmatov zimmasiga Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarish yuklatildi. Rustam Xolmatov tayinlovga qadar — 2018 yildan Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Rustam Xolmatov (1961 y. t.) Toshkent xalq xo‘jaligi institutining sirtqi bo‘limini tamomlagan (1987). 2016−2017 yillarda Toshkent viloyatining Bekobod tumani hokimi, 2017−2018 yillarda — Jizzax viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi va suv resurslari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Toshkent viloyatining sobiq hokimi G‘ulomjon Ibragimov 2018 yilning yanvaridan ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting