Kunduzi chiroqlarni yoqib yurish bo‘yicha talab ikki yilga uzaytirildi

0

Vazirlar Mahkamasining 4-iyundagi qaroriga muvofiq, «faralar» bo‘yicha qat’iy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qo‘yiladi. Bu haqda Adliya vazirligi o‘zining Telegram-kanalida xabar qildi.

Korrespondent-uz-021
Foto: xs.uz

Ya’ni qarorga ko‘ra 2021-yil 1-yanvarga qadar kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi to‘g‘risidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan boshlab ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga sutkaning yorug‘ vaqtida avtomatik yonadigan chiroqlar o‘rnatish majburiy etib belgilanadi. Import avtomobillarning ham shunday avtomatik yonadigan chiroqlari bo‘lmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmaydi.

Bundan tashqari, Hukumat topshirig‘iga asosan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini (hozirda 101 ming 365 so‘m) kamaytirishga oid tegishli Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Avvalgidek, kunning yorug‘ vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:

  • transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
  • yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida;
  • bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
  • xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
  • mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida);
  • mototsikl va mopedlarda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting