Prezident Donald Tramp Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi

0

Korrespondent-uz-020

AQSH prezident Donald Tramp Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Oq Uyning rasmiy saytida nashr qilindi:

Melaniya ikkimiz Iyd al-fitr munosabati bilan eng ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz.

Muborak Ramazon oyi yakunida musulmonlar duo va tafakkur orqali hayit bayramini nishonlashadi. Ushbu muqaddas kun Qo‘shma Shtatlar va dunyoning turli burchaklaridagi musulmonlarga muhtojlarga yordam berish, Yaratganga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, boshqalar bilan ibodat va o‘zaro mulqotga kirishishga sodiq ekanliklarini davom ettirish uchun bir imkoniyatdir.

Bu bayram uni nishonlayotganlar uchun quvonch va tinchlik olib keladi, deb umid bildiramiz hamda butun dunyodagi jamoalar Yaratganning muhabbati, marhamati va yaxshiliklari cheksiz ekanini idrok etishlari uchun duo qilamiz.

Hayitingiz muborak bo‘lsin!

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting