O‘zbekistondagi AES qurilishi uchun Jizzax viloyatidagi maydon tanlandi

0

AES qurilishi uchun maqbul joy sifatida Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydon tanlandi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Korrespondent-uz-016
Foto: O‘zatom

Xabarga ko‘ra, 2018-yilning avgustidan shu yilning mart oyiga qadar AES qurilishi uchun ajratilgan tahminiy maydonlarda muhandislik-tadqiqot ishlarining birinchi bosqichi amalga oshirildi.

Korrespondent-uz-017
Foto: O‘zatom

Xususan, mazkur yo‘nalishdagi ishlar Navoiy va Buxoro viloyatlarining To‘dakul suv ombori yaqinidagi 4 ta, Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li atrofida joylashgan 3 ta maydonda olib borildi.

Hozirgi kunda tanlangan maydonni tasdiqlash hamda litsenziyalash borasida muhandislik tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi davom ettirilmoqda.

Korrespondent-uz-018
Foto: O‘zatom

Loyihani amalga oshirish ishlarini jadallashtirish va loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish maqsadida, joriy yilning 17-may kuni “Atomstroyeksport” (“Rosatom” Davlat korporatsiyasining muxandislik bo‘limiga tegishli AJ) bilan tenik loyihani ishlab chiqish uchun muhandislik-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha shartnoma imzolandi, mazkur jarayonning Dasturini ishlab chiqish hamda hodimlar va texnika mobilizatsiyasi (taqsimoti) bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting