Bundan buyon AQSH vizasini olish uchun ijtimoiy tarmoq kerak boʻladi

0

Bundan buyon AQSH vizasini olish uchun ijtimoiy tarmoq manzillarini xabar qilish kerak boʻladi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

Korrespondent.uz 011
Foto: Getty Images

Yangi qoida 31-maydan boshlab har qanday viza uchun: talabalik, turistik va ishchi vizalar uchun kuchga kirgan. Faqatgina rasmiy delegatsiya vakillari va diplomatlar bundan mustasnodir.

Xabarda aytilishiga koʻra, agar siz anketada “ijtimoiy tarmoqda yoʻqman” deb koʻrsatsangiz-u, keyin uning borligi maʼlum boʻlib qolsa – buning oqibatlari jiddiy boʻladi.

“Bu terrorchilarni va boshqa jamiyatga xavf soluvchi shaxslarni AQSH tuprogʻiga yaiqnlashtirmaslik va immigratsion xavfsizlikni taʼminlash uchun xizmat qiladi”, – deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2018-yilning 15-17-may kunlarida Shavkat Mirziyoyev AQShga tashrif buyurib u yerda Donald Tramp bilan uchrashgan va oʻndan ortiq shartnomalar imzolangan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting