GM Uzbekistan Ozarbayjonga avtomobil eksport qiladi

0

GM Uzbekistan kompaniyasi Ozarbayjonga avtomobil eksportini yo‘lga qo‘ydi. Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, birinchi bosqichda mamlakatga R3 va R4 modellari yetkaziladi, keyinchalik modellar qatori kengayadi.

korrespondent uz 0500 GM Uzbekistan Ozarbayjonga avtomobil eksport qiladi
Foto: R3 va R4

Avvalroq kompaniya avtomobillarini Ukraina, Qirg‘iziston, Belarus, Afg‘oniston, Tojikiston, shuningdek Qozog‘istonga eksport qilgan.

2019-yil esa GM Uzbekistan faoliyatida eksport salohiyatini rivojlantirish yili deb e’lon qilingan bo‘lib, bugungi kunda kompaniya ushbu yo‘nalishda qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting