“Intermuzey” xalkaro festivalida ilk bor “Ichan qal’a” muzey-qo‘riqxonasi ishtirok etadi

0

Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan “Intermuzey-2019” xalkaro festivalida ilk bor “Ichan kal’a” muzey-qo‘riqxonasi o‘zining Smart-muzeyi bilan ishtirok etadi. Mazkur festival 2019-yil 30-may – 2-iyun kunlari Moskva shahrining “Manej” Markaziy ko‘rgazmalar zalida o‘tkaziladi.

korrespondent uz 0498 Intermuzey xalkaro festivalida ilk bor “Ichan kal’a” muzey-qo‘riqxonasi ishtirok etadi
Foto: nikatv.ru

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz, mazkur festival muzey sohasida yilning asosiy tadbirlaridan biridir. “Intermuzey” xalkaro festivali ekspozitsiya qismidan, biznes va madaniy dasturlar, shuningdek, ishtirokchi muzeylar o‘rtasida ko‘rik-tanlovlardan iborat. Festival har yili Rossiya va yaqin hamda uzoq xorij mamlakatlardan 400 dan ziyod muzeylarni, shuningdek, 3 000 dan ortiq professional muzey xodimlarini birlashtiradi.

O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini oshirish, chet ellik individual sayyohlarga qulaylik yaratish, sayyohat ta’surotlarini eslab qolish va turistik manzillariga e’tiborni oshirish maqsadida may oyining boshida “Ichan kal’a” muzey-qo‘riqxonasida joriy etilgan Nazzar innovatsion dasturi asosidagi Smart-muzeylarining “Intermuzey” xalkaro festivalida taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting