5 yoshli qizalogʻini oʻldirib, tanasini pechkada yoqib yuborgan ota-ona qoʻlga olindi

0

Ukrainada 5 yoshli qizalogʻini oʻldirib, tanasini pechkada yoqib yuborgan ota-ona qoʻlga olindi, deb yozadi Sputnik.

korrespondent uz 0496 yoshli qizalogʻini oʻldirib, tanasini pechkada yoqib yuborgan ota-ona qoʻlga olindi
Foto: Sputnik

Ukrainaning Jitomir viloyati milliy politsiyasi matbuot xizmati xabariga koʻra, fuqaro oʻzaro janjal vaqtida besh yoshli qizini oʻldirib qoʻyadi. Qotillik izlarini yashirish maqsadida rafiqasi bilan birgalikda qizining tanasini pechkada yoqib yuboradi. Soʻngra qoldiqlarini ariqqa tashlab yuborishadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tekshiruvlarida “qaygʻu-alamga” choʻkkan ona uch yoshli oʻgʻliga qizlarning kiyimini kiydirib, qizi sifatida koʻrsatishga urinadi. Biroq politsiya xodimlari ayolning hiyla-nayranglariga uchmasdan hamma farzandlarini koʻrsatishini soʻrashadi. Natijada bolaning na uyda va na hovlida borligi maʼlum boʻladi. Ota-ona taxminan 8 oy oldin sodir etgan dahshatli jinoyatini tan olishga majbur boʻladi.

Maʼlum boʻlishicha, bu oila huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 2009-yildan beri yaxshi tanish. Ayol ichkilikka ruju qoʻyganligi va ota-onalik majburiyatini bajarmaganligi sababli ikki oʻgʻli huquqidan mahrum qilingan.

Ushbu mudhish qotillik sodir etgan bu shaxslar hibsga olingan. Hozirda qasddan odam oʻldirish ayblovi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va tergovchilar mudhish qotillik tafsilotlari oʻrganish maqsadida tergov harakatlarini olib borishmoqda.

Ukrainaning amaldagi qonunchiligiga koʻra, bolani oʻldirish 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosini bilan jazolanadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting