Zelenskiy Saakashviliga Ukraina fuqaroligini qaytarib berdi

0

Ukraina prezident Zelenskiy Mixail Saakashvilining Ukraina fuqaroligini qayta tiklash toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekkan. Bu haqda BBC xabar qilmoqda.

korrespondent uz 0495 Zelenskiy Saakashviliga Ukraina fuqaroligini qaytarib berdi
Foto: Слово и Дело

Gruziya sobiq prezidenti Saakashvili Pyetr Poroshenko davrida Ukraina fuqaroligini olgan, lekin, keyinroq, janob Poroshenko undan bu maqomni tortib olgan edi.

Janob Saakashvili mazkur qaror uchun prezident Zelenskiyga ijtimoiy tarmoq orqali oʻz minnatdorchiligini izhor qilgan.

2015-yil may oyida sobiq prezident Pyetr Poroshenko Mixail Saakashviliga Ukraina fuqaroligini taqdim etgan edi. Soʻng u Odessa viloyati gubernatori qilib tayinlangan.

Biroq ukrain siyosatchilari bilan til topisha olmagan janob Saakashvili 2016-yilda ushbu lavozimdan isteʼfo bergan.

2017-yilda Pyetr Poroshenko Mixail Saakashvilini mamlakat fuqaroligidan mahrum etuvchi farmonni imzolagan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting