Sud bank rahbarining xotini Zamira Hojiyevaga tegishli cheklarni oshkor qildi

0

Buyuk Britaniyada qabul qilingan izohlanmagan boylik toʻgʻrisidagi qonun doirasida koʻrib chiqilayotgan ilk ish hisoblanmish asli ozarbayjonlik Zamira Hojiyevaning “iflos pullarni” aql-bovar qilmas darajada sarflashi oʻtgan yili dunyoni hayratda qoldirgan edi, deb yozadi BBC.

korrespondent uz 0494 Sud bank rahbarining xotini Zamira Hojiyevaga tegishli cheklarni oshkor qildi
Foto: ABC News

55 yoshli Hojiyeva xonim 2006-yildan 2016-yilga qadar Londondagi Harrods savdo markazida 16 million funt sterling ($20 million)dan ziyod mablagʻni kiyim-kechak, atir-upa, zeb-ziynat va boshqa narsalarga sovurgani aytiladi.

Kuni kecha sud Hojiyeva xonimga tegishli 107 sahifadan iborat xarid cheklari roʻyxatini eʼlon qilgan. Roʻyxatning boshini, tabiiyki, qimmatbaho zargarlik buyumlari joy egallagan. Ozarbayjonlik ayol Boucheron va Cartier kabi kompaniyalarning taqinchoqlari uchun 4.9 million funt sterling ($6.1 million) pul xarj qilgan.

Bundan tashqari Hojiyeva xonim bisotida qimmatbaho kiyimlar ($508 ming), oʻyinchoqlar ($316 ming), Mikimoto firmasi marvaridlari ($293 ming), atir-upa mahsulotlari ($202 ming) kabi xarajatlar ham bor. Ayol Harrods savdo markazida birgina sovgʻa oʻraladigan qogʻozga ($7,700) toʻlagani ham cheklarda aks etgan.

Hatto, ozarbayjonlik “boy xotin” 10 yil davomida birgina sendvich turi uchun $420 ming sarflashga ham ulgurgan.

Hozirda, britaniyalik tergovchilar davlatga qarashli Ozarbayjon Xalqaro Bankining sobiq raisi Jahongir Hojiyevning rafiqasi boʻlmish Zamira Hojiyevadan buncha pulni qayerdan topganini izohlab berishni talab qilmoqda.

Agar Hojiyeva xonim pullarining qonuniy yoʻl bilan ishlab topilganini isbotlab berolmasa, u holda Buyuk Britaniyadagi millionlab dollarga teng bir necha mulkidan ayriladi.

Jahongir Hojiyev Ozarbayjon hukumati tomonidan oʻzi rahbarlik qilgan bankning $2.7 milliard mablagʻini talon-taroj qilishda ayblangan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting