O‘zbekistonda vazirlar va hokimlar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar takroran sodir etilishiga yo‘l qo‘ygani uchun shaxsan javobgar bo‘ladi

0

O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlamagani va tegishli baho bermagani, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yganliklari yuzasidan shaxsan javobgar bo‘ladi. Bu Prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda ko‘zda tutilgan.

korrespondent uz 0491 O‘zbekistonda vazirlar va hokimlar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar takroran
Foto: Google Images

Farmon bilan 2019—2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya qilindi.

2019 yil-1 iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy baholab boradi, uning yakunlari bo‘yicha:

korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari,shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro‘yxatini shakllantiradi;

idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlariijrosining har choraklik monitoringini amalga oshiradi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini ko‘radi;

Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda har yilgi idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarini tasdiqlaydi;

har yili Idoralararo komissiyaga tegishli organlar va tashkilotlar faoliyatida, shu jumladan, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish orqali korrupsiya xavf-xatarlariga barham berish bo‘yicha takliflarni kiritadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting