246 xalta kokain yutgan erkak samolyotda olamdan o‘tdi

0

Meksika poytaxti Mexiko shahridan samolyotga o‘tirgan yaponiyalik erkak 246 xalta kokainni ichga yutishi ortidan parvoz vaqti vafot etdi. Bu haqda BBC xabar qildi.

korrespondent uz 0490 246 xalta kokain yutgan erkak samolyotda olamdan o‘tdi
Foto: David Suzuki Foundation

Erkakning ahvoli og‘irlashgandan so‘ng Yaponiyaga uchayotgan samolyot Meksikaning o‘zida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.

Meksika rasmiylari yorib ko‘rish natijasida erkakning qorin qismidan uzunligi 2,5 santimetr, kengligi 1 santimetr bo‘lgan xaltachalar topilganini ma’lum qilgan.

Meksika federal hukumati tez orada voqea yuzasidan tergov ishlari boshlanishini bildirgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting