Germaniya prezidenti O‘zbekistonga tashrifini boshladi

0

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27-may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

korrespondent-uz-0487-Germaniya-prezidenti-O-zbekistonga-tashrifini-boshladi
Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 28-may kuni «Ko‘ksaroy» qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Tor va keng doiradagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokamasi kutilmoqda.

Shuningdek, Germaniya federal prezidenti ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi va boshqa tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan.

Frank-Valter Shtaynmayer 29-may kuni Xorazm viloyatida bo‘ladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting