Toshkentga kelgan Habib Nurmagomedov Otabek Umarov bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

0
37
marta oʻqilgan

Dam olish kunlari Toshkentga kelgan rossiyalik MMA jangchisi va UFC chempioni Habib Nurmagomedov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda Otabek Umarov o‘zining instagramdagi sahifasida ma’lum qildi.

korrespondent-uz-0485-Toshkentga-kelgan-Habib-Nurmagomedov-Otabek-Umarov-bilan-mashg-ulot-o-tkazdi
Foto: Instagram / otabek_muhammadalievich

«Taniqli aralash jang san’ati ustasi, rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov jonajon O‘zbekistonimizga mehmon bo‘lib tashrif buyurdi.

U bilan birga @befit.uz zalida hamyurtlarimiz bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdik, ular ajoyib inson bilan muloqot qilishga muyassar bo‘ldilar.

U o‘zining mashhurligiga qaramay nihoyatda kamtar va samimiy inson ekan.

Habibning sportda erishgan yuksak natijalarida otasi Abdulmannop Nurmagomedovning katta hissasi bor.

U o‘g‘liga sportning ilk sirlarini o‘rgatgan va o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘ota olgan. Habib o‘z xalqining an’analariga sodiq munosib farzand, O‘zbekiston va butun dunyo yoshlari uchun namuna”, — deb yozadi Otabek Umarov.