The Times: Britaniya bosh vaziri Tereza Mey iste’foga chiqishini 24-may kuni e’lon qiladi

0

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey iste’foga chiqishi haqida 24-may kuni ma’lum qilmoqchi, deya xabar bermoqda The Times. “Kommersant”ning yozishicha, buning sabablaridan biri sifatida Tereza Mey tomonidan may oyida taqdim etilgan Brexit bitimining yangi versiyasi hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlamaganligi ko‘rsatilmoqda.

korrespondent uz 0467 The Times Britaniya bosh vaziri Tereza Mey iste’foga chiqishini 24-may kuni e’lon qiladi
Foto: Reuters

“U so‘nggi qadamni tashlashga qaror qilgan edi, lekin buning iloji bo‘lmasa, demak u bu yo‘lni tark etadi”, — degan bosh vazirning safdoshlaridan biri.

Ushbu qaror haqida Konservatorlar partiyasi yetakchilarini saylash va ularni o‘zgartirish bilan shug‘ullanuvchi 1922-yil qo‘mitasi rahbari Grem Breydi bilan 24-may kuniga rejalashtirilgan uchrashuvdan so‘ng e’lon qilinishi mumkin.

Avvalroq Buyuk Britaniya parlamenti quyi palatasi yetakchisi Andrea Lidsom iste’foga chiqishini e’lon qilgandi. U Brexit bo‘yicha bosh vazir fikriga va u taklif qilgan shartlarga qo‘shilmasligini bildirgan. Lidsom xonimning aytishicha, taklif qilinayotgan kelishuv Buyuk Britaniyaga “haqiqiy suveren” bo‘lishga yordam bermaydi.

Tereza Mey 21-may kuni Brexit bo‘yicha qonun loyihasining yangi tahririni taqdim etdi, u parlamentga ushbu loyihani iyul oyida ovozga qo‘yishni taklif qilmoqchi edi. Hujjatga muvofiq, hukumat 2020-yil dekabriga qadar Irlandiya bilan chegara masalasida “sug‘urta rejasi”ni tayyorlashi kerak. Shuningdek, parlament a’zolariga Brexit bo‘yicha yangi referendum o‘tkazish zarurati masalasida ovoz berish huquqini ham taqdim etish ko‘zda tutilayotgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting