Soʻrovnoma: Mehnat migratsiyasining jamiyatga taʼsiri

0
39
marta oʻqilgan

Mehnat migratsiyasi qolayotgan migrant oilasi aʼzolariga/farzandlariga qanday taʼsir koʻrsatadi, ushbu masalaga jamiyatning munosabati va boshqa masalalar.

korrespondent uz 0464 Soʻrovnoma Mehnat migratsiyasining jamiyatga taʼsiri

UNIСEFning Bolalarni himoya qilish boʻlimi U-Reportyorlardan mehnat migratsiyasining jamiyatga taʼsiri haqida oʻz fikrlarini bildirishini soʻradilar. Maʼlumotlar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi uchun qoʻshimcha tahliliy material sifatida ishlatiladi. Olingan maʼlumotlar migratsiya sharoitida bolalarni himoya qilish sohasida Hukumat uchun siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda qoʻllaniladi.

Mavjud mehnat migratsiyasi taʼsirining koʻlami faqatgina davlatlar va ularning oʻzaro munosabatlari chegaralaridan tashqarisiga chiqib, toʻgʻridan-toʻgʻri mehnat migrantlarining oilalari va yaqinlariga taʼsir koʻrsatmoqda. Bolalar kontekstida ushbu masalaning jamoatchilik bilan aloqalarga eng katta taʼsirini eʼtirof etgan holda, Yevropa Ittifoqi UNICEF koʻmagida Oʻzbekiston hukumatiga bolalarni himoya qilish boʻyicha tegishli siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda yordam berish boʻyicha loyihani moliyalashtirmoqda.

U-Report ushbu mavzu boʻyicha soʻrov oʻtkazdi. Soʻrovda 2500 ga yaqin kishi qatnashdi. Eng faol ishtirokchilar Toshkent va Fargʻona viloyatlari (respondentlarning ulushi 22% atrofida), Xorazm, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida kuzatildi.

Soʻrov kontekstida, migrant (muhojir) – bu bir joydan ikkinchi joyga (uning tugʻilgan joyi boʻlmagan) koʻchib oʻtgan shaxsdir: ish topish yoki yashash sharoitini oʻzgartirish maqsadida.

SOʻROVNING ASOSIY XULOSALARI:

1) Respondentlarning 70 %dan ortigʻi, mehnat migratsiyasiga ketganidan soʻng oʻzlariga yoki oila aʼzolariga jamiyat tomonidan munosabat oʻzgarganligi haqida ma’lumotga ega emas yoki oʻzgarmagan deb hisoblaydilar. Qolgan taxminan 20 %i bu munosabat ijobiy tarzda va faqat 10%i – salbiy tarzda oʻzgargan deb hisoblashadi.

2) Respondentlarning 59%i Oʻzbekistondagi mehnat muhojirlari bor oila farzandlariga mensimaslik faktlarini uchratmaganliklarini eʼtirof etdilar. Soʻralganlarning 17%i bunday faktlarga duch kelganlari haqida aytib oʻtishdi.

3) Respondentlarning 48%i mehnat migratsiyasi qolayotgan bolalarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatdi deb hisoblaydilar, respondentlarning 35%i taʼsirning mohiyati haqida maʼlumotga ega emas, 16%i esa migratsiyaning migrantlar bolalariga nisbatan ijobiy taʼsirini qayd etdi.

4) Odatda, mamlakatda qoladigan mehnat migrantlarining oila aʼzolariga ularning qarindoshlari (53%) yoki hech kim yordam bermas ekan (37%).

5) Olingan natijalar shuni koʻrsatadiki, migrantlar va ularning yaqinlari/qarindoshlari oʻrtasida yaqin aloqalar mavjud: soʻrov qilinganlarning 42%i ular har kuni aloqada boʻlishlarini, 30%i haftada bir marta, 13%i oyida bir marta, va respondentlarning atigi 15%i yiliga bir muloqotda boʻlishini yoki umuman muloqotda boʻlmasliklarini eʼtirof etdidar.

6) Soʻralganlarning 16%i mehnat migratsiyasiga borish istagi yoʻqligi haqida aniq javob berdi. 50%i kelajakda mehnat muhojirlari rolida oʻzlarini tasavvur qilishlari mumkinligini – yaʼni ular chet elda ishlash istagi haqidagi savolga ijobiy javob berdilar, qolganlari esa bu haqda bilmaydilar yoki oʻylamaganlar.

7) Mehnat migratsiyasi jamiyatga ijobiy taʼsir koʻrsatadi degan fikrda boʻlgan respondentlarning 50%i, migratsiya yashash uchun uy-joyga pul ishlab topish imkoniyatini berishini aytdilar.

Biz respondentlardan ularda xorijga mehnat migratsiyasiga ketgan tanishlari yoki qarindoshlari bormi, deb soʻradik. Soʻralganlarning 72%i ijobiy javob berdi, 7%i oʻzlari mehnat muhojirlari ekanligini aytib oʻtishdi.

Tanish mehnat muhojirlari borligini tasdiqlagan respondentlarga (72%) quyidagi savol berildi:

korrespondent uz 0458 Soʻrovnoma Mehnat migratsiyasining jamiyatga taʼsiri

“Migrantning oila a’zosiman” degan 19% respondentlarga quyidagi savolni berdik:

korrespondent uz 0459 Soʻrovnoma Mehnat migratsiyasining jamiyatga taʼsiri

Shuningdek, mehnat muhojirlari oilasi aʼzolari bo’lgan respondentlardan – ular kimlar bilan qolishdi deb soʻralganda, quyidagi natijalar olindi:

  1. Ota yoki onasi bilan – 38%
  2. Ota-ona ikkalasi bilan – 20%
  3. Boshqa oila aʼzolari bilan – 17%
  4. Bir oʻzim – 8%
  5. Bobom/buvim bilan – 6%

Shuningdek, quyidagi javoblar ham boʻldi: akam/ opam, qaynonam/ qaynotam, xolam, amakim, boshqa qarindosh-urugʻlar, xotinim/erim bilan.

korrespondent uz 0460 Soʻrovnoma Mehnat migratsiyasining jamiyatga taʼsiri

Respondentlarning 70%dan ortigʻi, mehnat migratsiyasiga ketganidan soʻng oʻzlariga yoki oila aʼzolariga jamiyat tomonidan munosabat o’zgarganligi haqida ma’lumotga ega emas yoki oʻzgarmagan deb hisoblaydilar. Qolgan taxminan 20 %i bu munosabat ijobiy tarzda va faqat 10%i – salbiy tarzda oʻzgargan deb hisoblashadi.

Shu bilan birga, agar ayollarning 16%i jamiyatda ularga nisbatan munosabat ijobiy tarafga oʻzgardi deb hisoblasa, erkaklar orasida bu koʻrsatkich 21 %ga teng. Ayol respondentlar orasida ularga nisbatan munosabat yomonlashdi deb hisoblaganlar 12%ni tashkil etsa, erkaklar orasida bu 9 %ni tashkil qildi.

Respondentlarning 59%i Oʻzbekistondagi mehnat muhojirlari bor oila farzandlariga mensimaslik faktlarini uchratmaganliklarini eʼtirof etdilar. Soʻralganlarning 17%i bunday faktlarga duch kelganlari haqida aytib o’tishdi.

Bunday faktlarga duch kelgan 17%iga (taxminan 300 nafar respondentga) migrant farzandlariga mensimaslik holatlari nimadan iborat deb soʻralganda, quyidagi natijalar olindi:

  1. Taxqirlashadi – 29%
  2. Haqoratlashadi – 25%
  3. Imtiyozlarini olib qoʻyishadi -17%
  4. Tahdid qilishadi – 8%
  5. Yelkalaridan silkitishadi – 7%
  6. Ularga baqirishadi – 5%
  7. Biron narsa qilishga majburlashadi – 4%
  8. Doimo urishadi – 3%

korrespondent uz 0461 Soʻrovnoma Mehnat migratsiyasining jamiyatga taʼsiri

Ushbu javob variantlarini bolalarga mehnat migratsiyasi koʻrsatgan taʼsiriga koʻra salbiy (urushqoq, mayus, oʻqishni yomon oʻzlashtirayapti va hokazo) va ijobiy (mehribonroq, oʻqishda yaxshiroq o’qiyapti va hokazo) taʼsir deb tasniflasak: respondentlarning 48%i mehnat migratsiyasi bolalarning xulqatvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayapti deb hisoblaydilar, respondentlarning 35%i taʼsirning mohiyati haqida maʼlumotga ega emas, 16 %i esa migratsiyaning bolalar xulq-atvoriga ijobiy taʼsir koʻrsatishini e’tirof etdilar.

korrespondent uz 0462 Soʻrovnoma Mehnat migratsiyasining jamiyatga taʼsiri

Soʻrov tahlillariga koʻra, odatda, mehnat muhojirlarining oilalariga qarindoshlari (53%) yordam beradi yoki hech kim yordam bermaydi (37%).

Respondentlarning taʼkidlashicha, mehnat muhojirlarining oilalariga asosan zarurat boʻlganda (43%) yoki doimiy ravishda (24%) yordam berilar ekan.

Mehnat muhojirlarining oila a’zolariga yoki oʻzlari muhojir boʻlgan respondentlarga oʻz vatanlarida qolgan yoki ketgan qarindoshlari/tanishlari bilan qanchalik tez-tez muloqot qilishlarini so’radik. Natijalar shuni koʻrsatadiki, muhojirlar va ularning yaqinlari/qarindoshlari tez-tez aloqada bo’lib turishar ekan: ularning 42%i har kuni, 30 %i har hafta, 13 %i oyiga bir marta aloqaga chiqib suhbat qilib turishadi. Respondentlarning faqat 15 %i umuman muloqot qilmasliklari yoki yiliga bir marta muloqot qilishlari haqida yatib berishdi.

korrespondent uz 0463 Soʻrovnoma Mehnat migratsiyasining jamiyatga taʼsiri

Soʻralganlarning 16%i mehnat migratsiyasiga borish istagi yoʻqligi haqida aniq javob berdi. 50%i kelajakda mehnat muhojirlari rolida oʻzlarini tasavvur qilishlari mumkinligini – yaʼni ular chet elda ishlash istagi haqidagi savolga ijobiy javob berdilar, qolganlari esa bu haqda bilmaydilar yoki oʻylamaganlar.

Sizningcha, mehnat migratsiyasi Oʻzbekistondagi oilalarga qanday taʼsir qiladi? – shunday savol bilan biz respondentlarimizga murojaat qildik. Quyida javoblarning natijalari keltirilgan:

  1. Salbiy – 33%
  2. ijobiy – 21%
  3. Bilmayman – 19%
  4. Neytral – 13%
  5. Boshqa – 13%

Shu bilan birga, “Boshqa” variantini tanlagan respondentlarning ko’pchiligi vaziyatga bogʻliq bo’lishini va mehnat migratsiyasini ham salbiy, ham ijobiy deb bilish mumkinligini taʼkidladilar. Shu bilan birga, ijobiy koʻrsatkichlar sifatida – mamlakatga va oilalariga moliyaviy mablagʻ yuborish va salbiy koʻrsatkich sifatida yosh avlodning maʼnaviyatiga va tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatishi qayd etildi.

MEHNAT MIGRATSIYASINI OILALARGA TAʼSIRI HAQIDA U-REPORTERLARINING FIKRI:

«Moliyaviy tomondan yaxshi lekin oilasi qolib ketyabdi. Oila buzilyabdi farzandlari qarovsiz».

“Har bir holatda indivudual. Men oila bilan birga mehnat migratsiyasi borish tarafdoriman”.

«Millatimiz ananasidan uzoqlawb ketyapti. Hurmat qilishni unitib bormoqda”.

“O‘z ehtiyojlariga zarur bo‘lgan buyumlarni 10 yilda emas, balkim, 1-2 yilda sotib olyapti. O‘zidan oshinib mahallalardagi zovurlarga ko‘priklar qurdirishda, suv chiqarishda, asfalt yotkizishda homiylik qilishyapti. Men ham borib kamida 2 ta ish o‘rin yaratmoqchiman va qolaversa yuqorida aytganimdek Hudo hohlasa ko‘prik qurmoqchiman…”.

“Mehnat migratsiyasi bugungi kunda oilalarga iqtisodiy jihatdan naf keltirmoqda. Baʼzi bir kamchilik va oiladagi bolalar hayotida qandaydir oʻzgarishlarning roʻy berishi migrant shaxs (ota yoki ona) ular bilan boʻlganida ham yuz berishi mumkin”.

“Oilasini boqish maqsadida ishlab pul topish  uchun ketishyapti  bu ijobiy. Ishi bo’la turib ko’proq pul topish maqsadida ketayotganlar salbiy xolat”.

“Har kimga har xil ta’sir qiladi, kimdir mamnun, kimdir sarson. Qaysidir migrantni oilasi xursand, yana kimdir afsusda. Xullas qanday yo’l va maqsadda ketganiga bog’liq”.

“Qisman ijobiy – moddiy tarafdan, lekin yoshlarga salbiy”.

“Ijobiy tomoni O‘zbekistonga valyuta kirib keladi va boshqalar. Salbiy tomoni oiladagi farzandlar nazoratsiz qolishi oqibatida tarbiyasiz bo‘lib jinoyatlar sodir etmoqda va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelmoqda…”.

“Moddiy jixatdan ijobiy, lekin ma’naviy jixatdan salbiy bunga izohni xojati yo’q hayotda ko’rib turibmiz”.

“Farzandlar mehrsiz bulib ulg’ayadi, ular ota-onalar kerakli vaqtida yonida bulmaydi”. “Oxir-oqibat, hech boʻlmasa, oilaviy byudjetda pul bor. Bu ishsizlikdan yaxshiroqdir. Ammo, yarimta oilalar, agar oila aʼzolaridan biri bir mamlakatda, ikkinchisi esa boshqa mamlakatda boʻlsabu, albatta, achinarli holatdir ”.

«Oiladagilarning fikr-u xayoli pul topishda bo’lib qoladi. Farzand tarbiyasi bir chetda qolib ketadi. Natijada kelajakda bu farzandlardan qanday natija kutish mumkin?»

O‘zbekistondagi oilalarga mehnat migratsiyasi qanday ta’sir qilishiga “ijobiy” va “salbiy” javoblarni tanlagan respondentlarga – biz aniqlashtiruvchi savollar berdik – bu nimada ifodalanadi?