Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetida «Texnologiya va uning ta’siri» talabalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

0

2019-yil 20-24-may kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) tomonidan Vestminster Universiteti (London) bilan hamkorlikda IT sohasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan «IT with impact» Xalqaro talabalar haftaligi o‘tkazilmoqda.

korrespondent uz 0457 Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetida «Texnologiya va uning ta’siri» talabalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda
Foto: Xalqaro Vestminster Universiteti

Talabalar haftalik dasturi ixtisoslashgan ilmiy anjumanlar, bitiruvchilarning eng yaxshi ilmiy va amaliy ishlari ko‘rgazmalari, dasturlash bo‘yicha Respublika olimpiadasi, davra suhbati va texnologik rivojlanishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan boshqa tadbirlar o‘z ichiga oladi. Ushbu tadbirlarda Vestminster Universitetidan (London) axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar, informatika va kompyuter tizimlari fakultetidan talabalar va TXVU Biznesda axborot tizimlari fakulteti talabalari ishtirok etadilar.

korrespondent uz 0456Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetida «Texnologiya va uning ta’siri» talabalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda
Foto: Xalqaro Vestminster Universiteti

Ilmiy anjuman axborot texnologiyalari sohasida, elektron kutubxonalardan boshlab zamonaviy dasturiy muhandislikkacha bo‘lgan IT sohasidagi tadqiqot va ishlanmalar natijalariga bag‘ishlanadi.

korrespondent uz 0455 Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetida «Texnologiya va uning ta’siri» talabalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda
Foto: Xalqaro Vestminster Universiteti

Anjumanda «Elektron hukumat» va raqamli iqtisodiyot loyihalari boshqaruv markazi xalqaro ekspertlari tomonidan taqdimotlar o‘tkaziladi. Shuningdek, mutaxassislar Koreyada elektron hukumatni joriy etish tajribasi va O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish istiqbollari haqida muhokama qiladilar.

korrespondent uz 0454 Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetida «Texnologiya va uning ta’siri» talabalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda
Foto: Xalqaro Vestminster Universiteti

Haftalik doirasida TXVU tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha Respublika olimpiadasi o‘tkaziladi. Tanlovda 68 jamoa – Respublikaning barcha hududlaridan 200 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting