O‘zbekiston “Islomiylik indeksi” 100 taligidan o‘rin olmadi

0

Mamlakatlarning Islomiy mezonlarga qanchalik mosligini ko‘rsatuvchi “Islomiylik indeksi” deb nomlangan reytingda Yangi Zelandiya uchinchi bor birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi “Azon.uz”.

korrespondent-uz-0452-O-zbekiston-Islomiylik-indeksi-100-taligidan-o-rin-olmadi
Foto: Daryo.uz

Reyting eronlik olim Husayn Askariy AQShda asos solgan “Islomiylik jamg‘armasi” tomonidan tuzilgan. Navbatdagi reytingning ilk 44 o‘rnida birorta ham musulmon mamlakat o‘rin olmadi.

Birlashgan Arab amirliklari reytingning 45-pog‘onanisini egalladi, O‘zbekiston esa 119-o‘rinda. Reytingning eng so‘nggi 153-o‘rini esa Yamanga berildi.

“Islomiylik indeksi” davlat boshqaruvidagi tadbiqlarning Islomiy mezonlarga qanchalik mosligiga asoslangan holda tuzilgan. Bunda to‘rtta asosiy mezon: iqtisodiyot, adolat va boshqaruv, inson huquqlari va siyosiy huquqlar, xalqaro munosabatlarga e’tibor qaratilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting