O’zbekistondagi internet tezligi biroz yaxshilandi — Speedtest

0

Irlandiyaning “Ookla” kompaniyasiga qarashli Speedtest.net sayti 2019-yil aprel oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi simsiz va simli internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e’lon qildi.

korrespondent-uz-0449-O-zbekistondagi-internet-tezligi-biroz-yaxshilandi-Speedtest
Foto: Kim Komando Show

O‘zbekiston aprel oyidagi mobil internet tezligi bo‘yicha tezlik 9,8 Mbit /s’gacha (ilgari 9,49 Mbit /s) yahshilangan bo‘lsa-da ikki pog‘ona pastlab 139 talik ro‘yxatdan 129 o‘rinni egalladi.

Simli tezlik bo‘yicha esa 13,5 Mbit / s tezlik bilan ro‘yxatning 124 (ilgari 131 o‘rin) pog‘onasida joylashdi.

Norvegiya reytingda mobil internet tezligi bo‘yicha (65,41 Mbit / s), Singapur esa simli tezlik (197,50 Mbit / s) bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi.