Belaruslik harbiylar Il-76md harbiy samolyotida Fargʻonaga uchib kelishdi

0

Belarus Respublikasi harbiylari “Jangovar hamdoʻstlik—2019” hamkorlikdagi mashgʻulotlarida ishtirok etish uchun Il-76md harbiy-transport samolyotida Fargʻona aeroportiga yetib keldi.

korrespondent-uz-0448-Belaruslik-harbiylar-Il-76md-harbiy-samolyotida-Farg-onaga-uchib-kelishdi

Taʼkidlanishicha, 22 nafar belarus harbiy xizmatchilari polkovnik Oleg Kostromin boshchiligida oʻzbekistonlik mutaxassislar bilan oʻtkaziladigan hamkorlikdagi maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlarida qatnashadi.

Oʻquv mashgʻulotlar 20—27-may kunlari Namangan viloyatidagi “Gʻurumsaroy” poligonida boʻlib oʻtadi va u ikki davlat oʻrtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasiga asosan tashkil etilmoqda.