Yirik xalqaro kiberjinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi

0

AQSh, Bolgariya, Germaniya, Gruziya, Moldova va Ukraina huquq-tartibot organlari xalqaro xakerlar guruhiga qarshi olib borilgan tezkor amaliyot natijalarini e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar qilmoqda.

korrespondent-uz-0446-Yirik-xalqaro-kiberjinoyatchilar-guruhi-qo-lga-olindi
Foto: DNA India

Xakerlar GozNym nomli dastur yordamida 40 mingdan ziyod odamning $100 milliondan ko‘proq mablag‘ini o‘margani xabar qilinmoqda.

Kiberjinoyatchilar mazkur dastur orqali odamlarning onlayn-bank hisoblari kalit so‘zlarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Yevropa Ittifoqining politsiya xizmati bo‘lmish Yevropol taqdim qilgan ma’lumotlarda ta’kidlanishicha, guruh a’zolari internetda xakerlik «xizmatlari»ni taklif etgan shaxslar orasidan tanlab olingan.

Xakerlar kichik ishbilarmonlar, yuridik firmalar, xalqaro korporatsiyalar va xayriya tashkilotlarini nishonga olgan, deyiladi bayonotda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting