Trampning yangi immigratsiya siyosati – endi Green Card’ga nima bo‘ladi?

0

Donald Trampning ta’kidlashicha, AQSh immigratsiya tizimi yosh, yaxshi ta’lim ko‘rgan va ingliz tilida so‘zlasha oluvchi muhojirlargagina ochiq bo‘lishi lozim.

korrespondent-uz-0445-Trampning-yangi-immigratsiya-siyosati-endi-Green-Card-ga-nima-bo-ladi
Foto: Time Magazine

Lotereya usulida tasodifiy tanlangan shaxslarga AQShda doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi Green Card’ni tanqid qila turib, janob Tramp bunday tizimning Amerika qadriyatlariga mutlaqo zid ekanligi va u dunyo bo‘ylab ko‘plab malakali insonlarning mamlakatga kelish imkoniyatini yo‘qqa chiqarishini aytgan.

Donald Tramp AQShda ham Kanadadagidek faqat iqtidorli insonlargagina yashash va ishlash huquqini beruvchi tizim yaratish lozimligini ta’kidlagan.

Shuningdek, prezident Tramp AQShga siyosiy boshpana izlab keluvchilarga nisbatan qat’iy talablar joriy etish zaruriyatini ham eslatib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘z hukumati ta’qibiga uchragan insonlarga boshpana berib kelishdan g‘ururlanadi, ammo mamlakatga kirib olish yo‘lida ilgari surilgan «jirkanch iddaolar» tufayli chindan ta’qib etilayotgan shaxslar himoyasiz qolib ketmoqda.

Biroq bu loyiha qonunga aylanishi uchun Kongress uni ma’qullashi talab etiladi.

«Bu qonun loyihasi imkon qadar tezroq tasdiqdan o‘tishidan umid qilamiz,» degan janob Tramp o‘z chiqishida.

Biroq prezident Trampning mazkur tashabbusi AQShning o‘zida allaqachon jiddiy tanqidlarga uchramoqda. Demokratlar partiyasi vakillari bu rejaning kamchiliklarga to‘la ekanini ma’lum qilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting