OAV: Zelenskiyning inauguratsiya marosimiga 5 nafar prezident keladi

0

Zelenskiyning inauguratsiya marosimida Yevropaning 5 nafar prezidenti qatnashadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

korrespondent uz 0443 OAV Zelenskiyning inauguratsiya marosimiga 5 nafar prezident keladi
Foto: “Korrespondent.net”

Ma’lumotlarga ko‘ra, marosimga Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili, Latviya prezidenti Raymons Veyonis, Litva prezidenti Dalya Gribauskayte, Estoniya prezidenti Kersti Kalyuland va Vengriya prezidenti Yanosh Ader keladi.

Shuningdek, marosimda Moldova bosh vaziri Pavel Filip, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Marosh Shefchovich, Ozarbayjon parlamenti rahbari Oktay Sobir o‘g‘li Asadov, Ruminiya bosh vazir o‘rinbosari Anna Birchal, Kenya Tashqi ishlar vaziri Monika Juma, Kanada Mudofaa vaziri Xarjit Singh Sadjan, Xorvatiya TIV davlat kotibi Zdravka Bushich va Gretsiya Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari ham qatnashadi.

Yuqorida zikr etilgan mehmonlarga qo‘shimcha ravishda inauguratsiyada Isroilning Ukrainadagi elchisi Yoyel Lion, NATO siyosiy masalalar va xavfsizlik siyosati masalalari bo‘yicha bosh kotibining yordamchisi Alexandro Alvargonzales, Fransiya elchisi Izabel Dyumon ishtirok etadi.

Shu bilan birga, TIV spikeri Yekaterina Zelenko Rossiya inauguratsiyada ishtirok etishga taklif qilinmaganini ma’lum qildi.

“Rossiya marosimga taklif qilinmadi. Bizga hamkor va do‘st davlargina taklif qilingan”, — deydi u Ukraina telekanalidagi efirda.