Buxoroda O‘zbekiston madhiyasi bastakori qabriga yangi yodgorlik o‘rnatildi

0

O‘zbekiston madhiyasi bastakori Mutal Burhonov umrining oxirgi yillarini ona shahri Buxoroda o‘tkazdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

korrespondent uz 0438 Buxoroda O‘zbekiston madhiyasi bastakori qabriga yangi yodgorlik o‘rnatildi
Foto: “Xalq so‘zi”

Yaqinda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev rahbarligidagi bir guruh davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar Mutal Burhonov mangu qo‘nim topgan Hazrati Imom qadamjosiga to‘plandi.

Bu yerda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Mutal Burhonov qabriga yangi yodgorlik monumenti o‘rnatilishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda atoqli san’atkorning murakkab taqdiri, yaratgan ajoyib asarlari, ibratli hayot yo‘li haqida so‘z bordi.

Yangilangan monumentda M. Burhonov taqdirlangan ordenlar aksi, shuningdek, madhiyaning vokal partiyasidan boshlang‘ich uchta takt tasviri tushirilgan.

Ma’lumot uchun, Buxorodagi bastakor yashagan xonadon uy-muzeyga aylantirilgan. Ayni paytda bu dargoh ta’mirlanmoqda.