O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov vafot etdi

0

Bugun, 17-may kuni O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Turkmaniston xalq artisti Ortiq Otajonov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda xonanda Anvar Sobirov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

korrespondent uz 0437 O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov vafot etdi
Foto: “Kun.uz”

Ortiq Otajonov 1947-yilning 30-yanvarida Xorazm viloyatining Xitoy qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilada tug‘ilgan. Yoshiligidan qo‘shiq aytishga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan.

1962-yilda Ortiq Otajonov Xorazm san’at maktabining musiqa fakultetiga o‘qishga kiradi. San’atkor qo‘shiq aytish sirlarini mashhur o‘zbek hofizi Komiljon Otaniyozovdan o‘rgangan.

Katta sahnalarda Ortiq Otajonov 1968-yildan 1997-yilga qadar faoliyat olib borgan. Xonandaning “Umr o‘tar”, “Lazgi”, “Boshqacha”, “Kelsun, kelsun”, “Dilbar”, “Yurishlaring” kabi qo‘shiqlari haqiqiy zamonaviy mumtoz qo‘shiqlarga aylangan.

Ortiq Otajonovning rafiqasi Gulsara aya 4-aprel kuni vafot etgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting