AQSh Ramzan Qodirov doirasidagi odamlarga nisbatan Magnitskiy qonuni bo‘yicha sanksiya qo‘lladi

0

AQSh Moliya vazirligi Magnitskiy qonuniga ko‘ra, Chechenistonning “Terek” maxsus bo‘linmasini va besh nafar Rossiya fuqarosini sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ydi, deb xabar beradi TJournal.

Ro‘yxatdan maxsus bo‘linma qo‘mondoni Abuzayd Vismuradov, shuningdek, Ruslan Geremeyev, Gennadiy Karlov, Sergey Kossiyev va Yelena Trukulya o‘rin olgan. 2012-yilda qabul qilingan Magnitskiy qonuniga ko‘ra, AQSh inson huquqlarining buzilishi va korrupsiyaga aloqador xorij fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan sanksiya qo‘llaydi.

2013-yilning 12-aprelida AQShda Magnitskiy ro‘yxati e’lon qilingan bo‘lib, undan 18 nafar odam o‘rin olgan. Ularning aksariyati Hermitage Capital yuristi Sergey Magnitskiyning o‘limiga aloqador deb topilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting