O’zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortib bormoqda

0

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

korrespondent uz 0435 O’zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortib bormoqda
Foto: autostrada.uz

Ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi 79 614 tani tashkil etdi, 2018-yilning shu davrida esa 53 219 ta avtomobil ishlab chiqarilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham ortib, 1 719 tani tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida esa 856 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

Bundan tashqari, 593 ta avtobus ishlab chiqarildi, bu esa 2018-yilning mos davriga nisbatan 4,1 m. ko‘pdir.

Shuningdek, ishlab chiqarish sanoatida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda avtomobil dvigatellari — 1,6 m., yurguzuvchi g‘ildiraklar, ularning qismlari va jihozlari — 1,5 m., radiatorlar, shovqin so‘ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, rul chambaraklari, rul kolonkalari va rul mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari — 1,5 m. ga oshdi.